Live
4
O'zbek

A Seriya. «Latsio» «Parma»ni yengib, 1-o‘ringa ko‘tarildi

Futbol
24 oktabr, 17:14
Uchrashuvda jami 3 ta gol urildi.
A Seriya. «Latsio» «Parma»ni yengib, 1-o‘ringa ko‘tarildi
Фото: Getty Images
24.10.2026 FT Italiya A seriyasi Lasio Lasio 2 : 1 Parma Parma

Italiya chempionatining 8-turida «Latsio» Rimda «Parma»ni qabul qildi. Unda rimliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab 51-daqiqada Teylor hisobni ochdi. 58-daqiqada Diego Karlos avtogolga mualliflik qildi. 90+5-daqiqada Lontani mehmonlarning yagona golini o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Bu g‘alabadan so‘ng Jennaro Gattuzo jamoasi ochkolarini 22 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamga aylandi. «Parma» esa 4 ochko to‘plab, 19-pog‘onada.

A Seriya. 8-tur
Latsio – Parma 2:1
Gollar:
Teylor 51, Diego Karlos 58 avtogol – Lontani 90+5.
Latsio
– Mandas, Floriani, Provstgard (Leyte, 46), Shutalo, Tavaresh, Frattezi, Belaxiyane, Teylor (Bashiru, 71), Isaksen (Lazzari, 77), Zakkani (Pedraza, 77), Noslin.
Parma – Korvi, Drobnich, del Prato, Troilo, Diego Karlos, Valeri, Keyta, Serro (Bernabe, 46), Ordonez (Lontani, 64), Ture, Romero (Fabbian, 79).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lasio Lasio
  • Parma Parma
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar