Live
1
O'zbek

«Paxtakor» futbol akademiyasi jahonning eng kuchli 50 taligiga kirdi

Futbol
24 oktabr, 15:16
Reytingda Portugaliyaning «Benfika» klubi birinchi.
«Paxtakor» futbol akademiyasi jahonning eng kuchli 50 taligiga kirdi
Фото: Пахтакор ПФК

Shveytsariyaning CIES tadqiqot markazi dunyoning 49 ta oliy divizion ligasida faoliyat yuritayotgan akademiya bitiruvchilari soni (15 dan 21 yoshgacha bo'lgan davrda klubda kamida 3 mavsum o'tkazgan futbolchilar), ular ishtirok etgan uchrashuvlar darajasi, maydondagi daqiqalar va o'rtacha yosh ko'rsatkichlari asosida yillik global reytingni e'lon qildi.

Yangilangan reytingda «Paxtakor» akademiyasi 50,3 ball bilan 46-o'rinni egalladi. 2025-yilgi reytingda jamoa akademiyasi 34,1 ball bilan 90-o'rinni egallagandi.

«Paxtakor» akademiyasida tarbiyalangan 59 nafar futbolchi faoliyat yuritmoqda. Ularning 6 nafari ayni paytda «sherlar»ning asosiy jamoasida o'ynamoqda.

Klub bu borada Osiyo futbol konfederatsiyasi klublari orasida top-60 talikka kirgan yagona jamoa sifatida qit'ada 1-o'rinni egallab, Braziliyaning «Kruzeyro» (49,8), Ukrainaning «Shaxtyor» (48,4), Angliyaning «Arsenal» (46,6), Xorvatiyaning «Xayduk» (46,2) va Portugaliyaning «Portu» (45,5) klublarini ortda qoldirdi.

Reytingda Portugaliyaning «Benfika» klubi birinchi, Argentinaning «River Pleyt» va «Boka Xuniors» klublari ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
Bugungi yangiliklar