Live
3
O'zbek

Liga 1. «Renn» peshqadamga aylandi, «Marsel»da 4:3

Futbol
25 oktabr, 14:17
8-turdan bir qancha o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.
Liga 1. «Renn» peshqadamga aylandi, «Marsel»da 4:3
Foto: Marseille
25.10.2026 FT Liga 1 Fransiya Marseille Marseille 4 : 3 Le Havre Le Havre

Fransiya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

«Renn» (16) o‘z uyida «Strasburg»ga (7, 16-o‘rin) javobsiz 3 ta gol urib, peshqadamga aylandi. Ammo «PSJ» (14) va «Lion» (14) zaxirasida o‘yin bor, aynan ushbu jamoalarning o‘zaro bahsi qoldirilgan.

«Marsel» (12) esa 7 ta gol urilgan bellashuvda «Gavr»dan (2, 18-o‘rin) ustun kelib, 8-pog‘onaga ko‘tarildi.

Liga 1. 8-tur. 25-oktyabr
Renn — Strasburg 3:0

Gollar: Dia (34), Shimanskiy (41, 61).

Marsel — Gavr 4:3
Gollar: Egan-Rayli (5), Vea (33), Payshao (50), Abdelli (55) — Maja (77 penalti, 89), N’Diaye (86).

Oser — Le-Man 1:1
Gollar: Archer (56) — Buade (48).

Tuluza — Trua 0:0

Anje — Loryan 0:0

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Marseille Marseille
  • Le Havre Le Havre
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar