Live
2
O'zbek

Liga 1. “Nitssa” safarda “Brest”ni mag‘lub etdi

Futbol
23 oktabr, 17:16
Fransiya chempionatida 8-tur bahslari start oldi.
Liga 1. “Nitssa” safarda “Brest”ni mag‘lub etdi
Фото: Getty Images
23.10.2026 FT Liga 1 Fransiya Brest Brest 1 : 2 Nice Nice

Fransiya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan “Brest” va “Nitssa” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Ushbu bellashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab 15-daqiqada “Brest” hujumchisi Lyudovik Ajork hisobni ochdi. 61-daqiqada “Nitssa” vakili Ele Vayi muvozanatni tikladi. 83-daqiqada esa Sofyan Diop mehmonlarga g‘alaba keltirgan golni urdi — 2:1.

Ushbu g‘alabadan keyin “Nitssa” Fransiya chempionatidagi ochkolarini 11 taga yetkazib, turnir jadvalining 8-pog‘onasidan joy oldi. “Brest” esa 9 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

Keyingi turda “Brest” 31-oktabr kuni safarda “Loryan”ga qarshi maydonga tushadi. “Nitssa” esa shu kuni o‘z maydonida “Renn”ni qabul qiladi.

Fransiya chempionati. 8-tur
Brest – Nitssa 1:2
Gollar
: Ajork 15 – Vayi 61, Diop 83.
Nitssa – Diuf, Ndayishimiye, Abdel, Seydu, Vitsel (Yansson, 76), Jonatan (Kutune, 54), Budaui, Nkunku, En (Diop, 63), Amura (Kulibali, 76), Vayi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Brest Brest
  • Nice Nice
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar