Live
2
O'zbek

«Liverpul» Otorbining transferi uchun 30 million yevro to‘lashga tayyor

Futbol
23 oktabr, 17:08
Uning «ko‘rshapalaklar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.
«Liverpul» Otorbining transferi uchun 30 million yevro to‘lashga tayyor
Фото: Getty Images

«Liverpul» bu hafta «Valensiya» klubiga qanot hujumchisi David Otorbini transfer qilish uchun shartnomada belgilangan 30 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lash niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Tribuna Deportiva nashri X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Mersisaydliklar bu haqda 19 yoshli futbolchining atrofidagi vakillarni ham xabardor qilgan. «Qizillar»ning qiziqishi sababli «Valensiya» futbolchi bilan shartnomani yana uch yilga uzaytirish bandini imkon qadar tezroq faollashtirmoqchi. Agar bu amalga oshsa, Otorbini transfer qilish uchun belgilangan tovon puli 60 million yevroga ko‘tariladi.

David bu mavsumda Ispaniya chempionatida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi. Uning «ko‘rshapalaklar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 3,5 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Valensia Valensia
Bugungi yangiliklar