Live
1
O'zbek

«Surxon» uchta o‘yindan beri golsiz durang qayd etmoqda

Futbol
23 oktabr, 15:58
Jamoaning duranglari soni 8 taga yetdi.
«Surxon» uchta o‘yindan beri golsiz durang qayd etmoqda
Фото: Сурхон ПФК

Termizning «Surxon» jamoasi Superliganing 25-turida «Buxoro» mehmoni bo‘lib, 0:0 hisobida durang qayd etdi.

Natijada Anvar G‘ofurov boshqaruvidagi «tulporlar» ketma-ket uchta bellashuvda golsiz durang qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa bunga qadar «Qizilqum» va «Xorazm»ga qarshi bahslarda ham xuddi shunday natijaga erishgan.

«Surxon» so‘nggi bor 20-sentabr kuni «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘yinda raqibini minimal hisobda yenggan.

Jamoaning duranglari soni 8 taga yetdi. Shu kungacha raqiblar darvozasini 19 marta ishg‘ol qilgan. 7 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, 10 bor mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.

G‘ofurov boshqaruvidagi termizliklar hozirda 29 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda. Keyingi turda jamoa «Nasaf»ga qarshi o‘ynaydi. Ushbu bahs 31-oktabr kuniga belgilangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Surxon Surxon
Bugungi yangiliklar