Live
6
O'zbek

FIFA ayollar jahon chempionati ishtirokchilariga ajratiladigan mablag‘ni oshirdi

Futbol
23 oktabr, 15:03
    1
Musobaqa tarixda ilk bor Janubiy Amerikada tashkil etiladi.
FIFA ayollar jahon chempionati ishtirokchilariga ajratiladigan mablag‘ni oshirdi
Фото: Getty Images

FIFA 2027-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik uchun ajratiladigan mablag‘ni sezilarli darajada oshirishga qaror qildi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, mundialda qatnashadigan har bir milliy futbol assotsiatsiyasiga 2,5 million AQSh dollari ajratiladi.

Yangi moliyaviy taqsimot modeli FIFA Kengashi byurosi tomonidan tasdiqlangan. Qaror natijasida 32 ta ishtirokchi assotsiatsiyaga ajratiladigan umumiy tayyorgarlik mablag‘i 80 million dollarga yetadi. Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilgi ayollar jahon chempionatiga nisbatan ikki baravardan ko‘proq oshgan. Mablag‘lar 2026-yil dekabridan oldin assotsiatsiyalar ixtiyoriga taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2027-yilgi mundialda ishtirok etadigan futbolchi ayollar uchun xizmat ko‘rsatish sharoitlari 2026-yilgi erkaklar jahon chempionati darajasiga tenglashtiriladi. Mukofot pullari hamda klublarga beriladigan kompensatsiyalar bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar dekabr oyidagi yig‘ilishda muhokama qilinadi.

Ma’lumot uchun, 2027-yilgi ayollar jahon chempionatiga Braziliya mezbonlik qiladi. Musobaqa tarixda ilk bor Janubiy Amerikada tashkil etiladi va unda 32 ta milliy jamoa ishtirok etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati Ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar