Argentinalik hujumchi Lionel Messi Ispaniyada nufuzli Asturiya malikasi mukofoti bilan taqdirlandi.
Hozirda «Inter Mayami» sharafini himoya qilayotgan hujumchi ushbu mukofotga futboldagi ulkan yutuqlari va xayriya sohasidagi faoliyati uchun sazovor bo‘ldi.
Taqdirlash marosimida mukofotni Messiga Ispaniya taxti vorisi, malika Leonor shaxsan topshirdi.
Avvalroq Leo va uning rafiqasi Antonella Rokutstso Ispaniyaning Asturiya hududiga tashrif buyurgan edi.
Messining turmush o‘rtog‘i ham mukofot topshirish marosimida ishtirok etib, futbolchiga hamrohlik qildi.
Ma’lumot uchun, «Inter Mayami» navbatdagi uchrashuvini 25-oktabr kuni MLS doirasida «Nyu-York Red Bullz»ga qarshi o‘tkazadi.
Bu mavsumda forvard Florida klubi safida barcha turnirlar doirasida 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, 29 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi