«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani mashg‘ulot vaqtida hushidan ketganidan so‘ng tez yordam mashinasida Myunxendagi shifoxonaga olib ketildi. Bu haqda Sky Sport Germany xabar bermoqda.
Avvalroq klub bazasiga vertolyot qo‘ngani haqida xabar berilgan edi.
O‘tgan hafta belgiyalik mutaxassis virusli infeksiyaga chalingandi. 17-oktabr kuni «Leypsig»ga qarshi uchrashuv vaqtidagi tanaffusda va o‘yindan keyin Kompani murabbiylar xonasida dam olgan, shuningdek, matbuot anjumanida ham ishtirok etmagan.
Qayd etilishicha, Vensandagi infeksiya avvaldan mavjud bo‘lgan chandiq to‘qimalari bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqargan.
Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» Bundesliga 7-turida 25-oktabr kuni o‘z maydonida «Freyburg»ga qarshi o‘ynaydi. Murabbiyning sog‘lig‘i va jamoa uchrashuviga ta’siri haqida hozircha qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi