Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Maks Eberl jamoaning markaziy yarimhimoyachisi Lennart Karlni qo‘llab-quvvatladi.
Yaqinda nemis klubining faxriy prezidenti Uli Xyonnes yosh futbolchini keskin tanqid qilib, u Maykl Olisening darajasiga yetishiga hali ancha borligini ta’kidlagandi.
«Karl bilan yuz berayotgan vaziyat – yosh futbolchi uchun mutlaq normal holat. Hattoki superyulduzlarning faoliyati ham muammolarsiz bo‘lmaydi. Biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz va yana avvalgi darajasiga chiqishiga ishonamiz», - deya Eberlning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Bayern & Germany.
Yangi mavsumda 18 yoshli Karl barcha musobaqalarni inobatga olganda 9 ta o‘ynda maydonga tushib, 1 ta gol gol urdi va 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.