Live
29
O'zbek

Gavi «El Klasiko» haqida: «Bu hayot-mamot masalasi»

Futbol
24 oktabr, 09:30
«Barselona» yarimhimoyachisi «Real»ga qarshi bahsda La Liga uchun muhim ochkolar qo‘lga kiritilishini ta’kidladi.
Gavi «El Klasiko» haqida: «Bu hayot-mamot masalasi»
Foto: Getty Images
25.10.2026, 16:00 Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona - : - Real Madrid Real Madrid

«Barselona» yarimhimoyachisi Gavi Ispaniya chempionatining 9-turi doirasida «Real»ga qarshi kechadigan «El Klasiko»dan kutayotganlari haqida gapirdi.

«Bu hayot-mamot masalasi, chunki La Ligada juda muhim ochkolarni qo‘lga kiritishimiz mumkin. Chempionlar Ligasida, ehtimol, hali bu darajada keskin vaziyat bo‘lmagandir, garchi u yerdagi ikkala bahs ham muhim bo‘lsa-da. Bu — «El Klasiko», futboldagi eng ajoyib voqealardan biri.

Bizni qiyin bahs kutmoqda. Menimcha, har ikki jamoa maydonda nima qilishi kerakligini yaxshi biladi. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, dastlabki daqiqadan oxirigacha 90 daqiqa davomida bor kuchimizni berishimiz kerak», — deya Gavining so‘zlarini RMC Sport keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, «El Klasiko» «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» — «Real» bahsi 25-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 26-oktyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar