Live
6
O'zbek

«Barselona» Martin bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Futbol
24 oktabr, 05:00
Kataloniyaliklar 24 yoshli himoyachi bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi.
«Barselona» Martin bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Foto: Getty Images

«Barselona» rahbariyati himoyachi Jerar Martin bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, tomonlar yaqin orada muzokaralarni boshlaydi.

Jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik 24 yoshli markaziy himoyachining o‘yin saviyasini yuqori baholaydi. Shu sababli kataloniyaliklar futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirishga intilmoqda.

Ma’lumot uchun, Martinning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Futbolchining bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Martin ushbu mavsum La Ligada sakkizta bahsda maydonga tushib, bitta sariq kartochka olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar