«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio «El Klasiko» oldidan «Barselona»ning yulduz vingeri Lamin Yamalni to‘xtatish uchun alohida reja ishlab chiqilganmi, degan savolga javob berdi. Uning so‘zlarini AS nashri keltirmoqda.
«Ularning barcha futbolchilari yaxshi. «Real»da ham vaziyat xuddi shunday. Yamal ajoyib futbolchi va bunday o‘yinchilarni hurmat qilish kerak. Ammo hurmat qilish boshqa, o‘z falsafangdan voz kechib, reja va o‘yin tuzilmasini o‘zgartirish esa boshqa masala.
Biz Yamal uchun ham, boshqa yuqori saviyali futbolchilar uchun ham rejalarimizni o‘zgartirmaymiz», — dedi Mourinio.
Ma’lumot uchun, «Barselona» va «Real» Ispaniya chempionatining 10-turida o‘zaro bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, «El-Klasiko» 25-oktyabr, yakshanba kuni «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 26-oktyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.