Live
14
O'zbek

Alonso: «Sabrli bo‘lishimiz kerak»

Futbol
24 oktabr, 07:11
Murabbiy «Tottenhem»ga qarshi o‘yindan avval jarohatlangan futbolchilarning holati haqida gapirdi.
Alonso: «Sabrli bo‘lishimiz kerak»
Foto: Gettyimages
24.10.2026, 12:30 Angliya Premer-ligasi Chelsi Chelsi - : - Tottenhem Tottenhem

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Angliya Premer-ligasi 8-turidan o‘rin olgan «Tottenhem»ga qarshi bahs oldidan jarohat olgan bir qator futbolchilarning ahvoli haqida gapirib o‘tdi. O‘yin 24 oktyabr kuni «Stemford Brij» stadionida bo‘lib o‘tadi.

«Malo [Gusto] bilan hammasi joyida. Pep [Chavarria] faolroq shug‘ullana boshladi, ammo keyingi o‘yingacha tiklanishga ulgurmaydi. Emmanuel [Emega] o‘zini yaxshiroq his qilmoqda, ammo kutish kerak.

Emi [Martines] [jag‘i singanidan keyin] operatsiya qilindi, kundan kunga ahvoli yaxshilanmoqda, lekin bu yerda ham sabr-toqatli bo‘lishimiz zarur. Bunga bir necha hafta ketadi. Umid qilamanki, tiklanish jarayoni kamroq vaqt oladi, ammo baribir kutish kerak. Yaxshi yangilik shundaki, Emi o‘zini yaxshiroq his qilmoqda, biz uning izohlari va shifokorlarning tavsiyalariga quloq solishimiz kerak», - deya Alonso so‘zlaridan iqtibos keltiradi «aristokratlar» rasmiy sayti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Tottenhem Tottenhem
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar