Live
12
O'zbek

Ramazon Temirov angliyalik raqibiga qarshi. Bugun UFC 333 turnirida bizni qaysi janglar kutmoqda?

MMA
24 oktabr, 07:50
    6
Turnirning asosiy kard janglari 22:00dan start olishi rejalashtirilgan.
Ramazon Temirov angliyalik raqibiga qarshi. Bugun UFC 333 turnirida bizni qaysi janglar kutmoqda?
Фото: Getty Images

Bugun BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida UFC 333 turniri boʻlib oʻtadi.

Oqshomning asosiy jangi yarim yengil vazn toifasida oʻtkaziladi va unda avstraliyalik amaldagi chempion Aleksandr Volkanovski rossiyalik daʼvogar Movsar Yevloyevga qarshi oktagonga koʻtariladi.

Oʻzbekistonlik MMA ishqibozlari esa Ramazon Temirovning chiqishini kutishadi. Bugun u angliyalik Lone Kavanaga qarshi oktagonga koʻtariladi. UFC reytingida Temirov 10-oʻrinda, Kavana esa 6-oʻrinda qayd etilgan.

Turnirning asosiy kard janglari 22:00dan start olishi rejalashtirilgan. Shuningdek, co-main event jangi ham chempionlik maqomida boʻladi. Oʻta yengil vazn toifasida UFC chempioni rossiyalik Pyotr Yan ushbu kamarni sobiq sohibi Merab Dvalishvilidan himoya qiladi. Bu trilogiya jangi boʻlib, hisob hozircha 1:1 koʻrinishida boʻlib turibdi.

UFC 333 turnirining eʼtiborga molik janglari:

Yarim yengil vazn: Aleksandr Volkanovski (chempion) – Movsar Yevloyev (№ 1)

Oʻta yengil vazn: Pyotr Yan (chempion) – Merab Dvalishvili (№ 1)

Eng yengil vazn: Lone Kavana (№ 6) – Ramazon Temirov (№ 10)

Ogʻir vazn: Aleksandr Volkov (№ 2) – Rizvan Kuniyev (№ 7)

Yarim yengil vazn: Aaron Piko (№ 11) – Losen Keyta

Yarim ogʻir vazn: Azamat Murzakanov (№ 7) – Dominik Reyes (№ 8)

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar