Live
17
O'zbek

Luis Enrike «PSJ» Kvaratsxeliya o‘rniga futbolchi izlashini aytdi

Futbol
24 oktabr, 08:38
Parij klubi bosh murabbiyi jarohatlar sababli yangi futbolchi bilan shartnoma imzolash majburiy emasligini ta’kidladi.
Luis Enrike «PSJ» Kvaratsxeliya o‘rniga futbolchi izlashini aytdi
Foto: Getty Images

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa jarohat olgan Xvicha Kvaratsxeliyaning o‘rniga yangi hujumchi sotib olishni rejalashtirayotganiga munosabat bildirdi. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.

«Har qanday jarohat yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolash kerakligini anglatmaydi. Mavsum boshida jiddiy jarohatlar bo‘lsa ham, barchasiga bardosh bera olishimizni aytgandim. Biroq biz imkoniyatlarni ko‘rib chiqishga tayyormiz. Bu bizda mavjud variantlardan biri», — dedi Enrike.

Kvaratsxeliya Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Barselona»ga qarshi kechgan (4:2) bahsda o‘ng tizzasining oldingi xochsimon bog‘lamini uzib olgan. Gruziyalik hujumchi 59-daqiqada almashtirilgan.

Ma’lumot uchun, mazkur jarohat Kvaratsxeliyaning uzoq muddatga safdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida «Barselona»ni 4:2 hisobida mag‘lub etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar