2026 yilgi FIFA Qit’alararo kubogi finali 16 dekabr kuni Qatarning Ar-Rayan shahridagi «Ahmad bin Ali» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» rasmiy sayti xabar berdi.
Finalda Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi «Pari Sen-Jermen» Challenger kubogining eng yaxshi jamoasi bilan uchrashadi. U yerda Meksikaning «Deportivo Toluca» (KONKAKAF Chempionlar kubogi g‘olibi) va Janubiy Afrikaning «Mamelodi Sandauns» (Afrika chempioni) jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. So‘nggi ishtirokchi 2026-yilgi Libertadores kubogi g‘olibi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 2025-yilda «PSJ» Braziliyaning «Flamengo» jamoasini 1:1 (penaltilar seriyasida 2:1) mag‘lub etib, Qit’alararo kubokni qo‘lga kiritgan edi.