Bugun
34
O'zbek

Amorim 0:3dan so‘ng: «Har tomonlama omadsiz o‘yin bo‘ldi»

Futbol
23 oktabr, 04:50
«Milan» bosh murabbiyi «Bornmut»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Amorim 0:3dan so‘ng: «Har tomonlama omadsiz o‘yin bo‘ldi»
Foto: Getty Images
22.10.2026 FT Yevropa ligasi Bornmut Bornmut 3 : 0 Milan Milan

«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim Yevropa Ligasi 3-turidan o‘rin olgan «Bornmut» (0:3) bilan o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bu to‘laqonli o‘yin bo‘lmadi: qizil kartochka va penalti barcha narsani o‘zgartirib yubordi hamda biz raqobatlasha olmay qoldik. Aslida, haqiqiy kurash ham bo‘lmadi. O‘sha burchak to‘pidan keyin penalti belgilanishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak edi. Buning ustiga, maydonda 10 kishi bo‘lib qoldik (28-daqiqada Menyan chetlatildi).

Endi tiklanishimiz va keyingi uchrashuvga e’tibor qaratishimiz kerak. Bugun kamchilikda o‘ynaganimiz uchun juda ko‘p yugurishimizga to‘g‘ri keldi. Menimcha, bu har tomonlama omadsiz o‘yin bo‘ldi. Futbolchilarni o‘zlarini eng qulay his qiladigan pozitsiyalarga joylashtirishga harakat qildim, keyin esa zaxira almashinuvlari orqali o‘zgarishlar kiritdim.

Men hali Menyan bilan gaplashishga ulgurmadim. Hozir butun e’tiborimiz «Udineze» bilan bo‘ladigan o‘yinga qaratilgan. Uyga qaytganimizdan keyin hammasini muhokama qilamiz. Bunday oqshomlar ham futbolning bir qismi. «Milan» tarixiga nazar tashlasak, hozir butunlay boshqacha vaziyatda ekanimizni ko‘rish mumkin. Shunga qaramay, futbolchilarimning munosabati menga yoqdi: ular bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashga harakat qilishdi»,
— dedi Amorim Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bornmut Bornmut
  • Milan Milan
  • Yevropa ligasi Yevropa ligasi
Bugungi yangiliklar