«Milan»ning qanot futbolchisi Alfajo Sisse Yevropa Ligasi umumiy bosqich 2-turi doirasida «Red Bull Zalsburg» (4:0) bilan bahsda xet-trikka erishdi. Bunday natijani u 19 yosh va 358 kunligida qayd etdi.
Statistika portali Opta Sport xabariga ko‘ra, Sisse yevrokubok bahsida 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan eng yosh italiyalikka aylangan. Avvalgi yutuqni atigi ikki kun oldin «Bryugge»ning italiyalik-nemis hujumchisi Nikolo Trezoldi o‘rnatgan edi. Seshanba kuni u 22 yosh-u 54 kunligida UYEFA Chempionlar ligasi doirasida «Inter»ga qarshi o‘yinda (4:3) xet-trik qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Trezoldining muvaffaqiyatidan avval mazkur rekord italiyalik mashhur sobiq hujumchi Alessandro Del Peroga tegishli edi. U 1997/1998-yilgi mavsum Chempionlar Ligasi yarimfinalida «Monako» darvozasini (4:1) 23 yosh va 144 kunligida uch bor ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi