Live
2
O'zbek

«Betis» vingeri Antonining uyiga YECHL o‘yini vaqtida o‘g‘ri tushdi: «Oila a’zolarim ko‘zlaridagi qo‘rquv»

Futbol
16 oktabr, 06:04
    2
YECHL doirasidagi «Portu»ga qarshi bahs vaqtida (3:2) braziliyalik yarimhimoyachining uyiga bosqinchilar hujum qilishdi.
«Betis» vingeri Antonining uyiga YECHL o‘yini vaqtida o‘g‘ri tushdi: «Oila a’zolarim ko‘zlaridagi qo‘rquv»
Foto: Gettyimages
14.10.2026 FT Chempionlar ligasi Betis Betis 3 : 2 FC Porto FC Porto

Ispaniyaning «Betis» klubi braziliyalik yarimhimoyachisi Antonining uyi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turidan o‘rin olgan «Portu»ga qarshi o‘yinda (3:2) bosqinchilar hujumiga uchradi. Bu haqda futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

«Uyimni tunab ketishdi. Biz uchun ajoyib bo‘lishi kerak bo‘lgan kecha g‘azab va umidsizlik bilan yakunlandi.

Shaxsiy uyingizga bostirib kirilgandagi his-tuyg‘uni tasvirlash qiyin. Bu nafaqat moddiy yo‘qotish, balki o‘zimizni xavfsiz his qilishimiz kerak bo‘lgan joyda himoyasiz qolganlik hissi va oilamning ko‘zlaridagi qo‘rquvdir. Yo‘qotganlarimizning hammasini yana qo‘lga kiritishimiz mumkin. Hayot, ish davom etmoqda, orzular saqlanib qolmoqda, g‘alabaga bo‘lgan iroda esa mustahkam», - deb yozdi Antoni.

Eslatib o‘tamiz, «Betis» va «Portu» o‘rtasidagi o‘yin sevilyaliklarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa, 26 yoshli braziliyalik vingerning o‘zi Kucho Ernandesga golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Betis Betis
  • FC Porto FC Porto
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar