Madridning «Real» klubi darvozabonlar chizig‘ini kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Fichajes xabariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» Londonning «Arsenal» jamoasi posboni David Rayyani o‘z safiga qo‘shish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Manbaga ko‘ra, madridliklar ro‘yxatidan Portugaliyaning «Portu» klubi darvozaboni Diogu Koshta va Fransiyaning «Tuluza» jamoasi vakili Giyom Rest ham o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun, Diogu Koshtaning shartnomasida 60 million yevrolik tovon puli belgilangan. Rayyani transfer qilish esa 50 million yevrodan ko‘proqqa tushishi mumkin. «Tuluza» Restning narxini taxminan 19 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Real» La Liga 8-turidan keyin 18 ochko bilan turnir jadvalining to‘rtinchi pog‘onasida bormoqda.