Bugun
53
O'zbek

Flik «Barselona» tarixidagi eng yuqori g‘alaba foiziga ega murabbiyga aylandi

Futbol
15 oktabr, 04:20
Nemis mutaxassisi kataloniyaliklar bilan o‘tkazgan bahslarining 77,17 foizida g‘alaba qozonib, Enrikedan o‘zib ketdi.
Flik «Barselona» tarixidagi eng yuqori g‘alaba foiziga ega murabbiyga aylandi
Foto: Getty Images
13.10.2026 FT Chempionlar ligasi Galatasaray Galatasaray 1 : 4 Barselona Barselona

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub tarixidagi muhim statistik ko‘rsatkich bo‘yicha yangi marrani zabt etdi. Barça Universal xabariga ko‘ra, nemis mutaxassisi kataloniyaliklar safida g‘alabalar foizi bo‘yicha klub tarixidagi eng yaxshi natijaga erishdi.

Flik boshqaruvida «Barselona» o‘tkazgan 127 ta bahsning 98 tasida g‘alaba qozongan, 10 marta durang o‘ynagan va 19 bor mag‘lubiyatga uchragan. Shu tariqa, uning g‘alabalar ko‘rsatkichi 77,17 foizni tashkil etmoqda.

Avvalgi rekord Luis Enrikega tegishli edi. Ispaniyalik mutaxassis «Barselona» bilan 76,24 foizlik g‘alaba ko‘rsatkichiga erishgan.

Ma’lumot uchun, Flik 2024-yil yozidan buyon «Barselona»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa barcha musobaqalarda 127 ta bahs o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turida safarda «Galatasaroy»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Kataloniyaliklar navbatdagi bahsini 17-oktyabr kuni La Liga 9-turi doirasida «Betis»ga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar