Bugun
53
O'zbek

«MYU» kiyinish xonasi ikkiga bo‘lindi

Futbol
15 oktabr, 03:10
Lisandroning klub rahbariyatini tanqid qilgani futbolchilar o‘rtasida turli fikrlarni keltirib chiqardi.
«MYU» kiyinish xonasi ikkiga bo‘lindi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» himoyachisi Lisandro Martines klub rahbariyatini tanqid qilganidan keyin jamoa kiyinish xonasida qarama-qarshi fikrlar paydo bo‘ldi.

Argentinalik futbolchi Chempionlar Ligasining 2-turida «Atletiko»dan (0:2) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa tarkibi yetarlicha kuchli emasligini ochiq aytdi.

28 yoshli himoyachining fikricha, klub rahbariyati transferlar borasida noto‘g‘ri qarorlar qabul qilgan va bu mavsumning dastlabki oylaridagi omadsiz natijalarga sabab bo‘lgan.

Jurnalist Samuel Lakhyorstning ma’lumotiga ko‘ra, Martinesning so‘zlari jamoa a’zolarini ikki guruhga ajratgan. Ayrim futbolchilar himoyachining ochiq gapirganini ma’qullagan bo‘lsa, boshqalar uning jamoadoshlarini omma oldida tanqid qilganidan norozi bo‘lgan.

Avvalroq «qizil iblislar» Martinesni klub rahbariyatini tanqid qilgani uchun jarimaga tortishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, «Manchester Yunayted» navbatdagi uchrashuvni APL doirasida «Lids»ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs 18 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar