Bugun
53
O'zbek

Ja’far Irismetov: «Navbahor» — «Paxtakor» qarama-qarshiligida kuchlar teng kelishi kerak

Futbol
15 oktabr, 04:00
Sobiq futbolchi 24-tur oldidan jamoalarning imkoniyatlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Ja’far Irismetov: «Navbahor» — «Paxtakor» qarama-qarshiligida kuchlar teng kelishi kerak
Foto: FC Pakhtakor

15-17 oktabr kunlari Superligada 24-tur bahslari o‘tkaziladi. Markaziy to‘qnashuv Namanganda «Navbahor» va «Paxtakor» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tishi shubhasiz.

Bundan tashqari, qolgan har bir juftlik ham o‘ziga yarasha keskin kurashlarga boy o‘tadi. Futbolimiz sobiq yulduzi hisoblangan Ja’far Irismetov aynan 24-tur oldidan jamoalarning imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

15 oktabr
19:00. Andijon — Qizilqum
— Ikkala jamoa turnir jadvalida o‘rta pog‘onalarda kurashishyapti. Bu qiziq o‘yin bo‘ladi. O‘ylashimcha, «Andijon» minimal hisobda g‘alaba qozonadi. Chunki «Andijon» anchadan beri muxlislarini xursand qila olmayapti. Shu bois maydon egalari bu safar g‘alaba bilan muxlislarini xursand qiladi.

19:00. Mash’al — OKMK
— To‘g‘risini aytsam, «Mash’al» oxirgi paytlarda ruhiy chuqurlikka tushib qolishdi. OKMK yutadi, deb o‘ylayman. 2:0 yoki 2:1. OKMK bu uchrashuvda favorit. «Mash’al» ruhiy tomondan ham Pro ligaga tushib ketdi.

16 oktabr
19:00. Bunyodkor — So‘g‘diyona
— Fikrimcha, bu yerda «So‘g‘diyona» favorit. Lekin «Bunyodkor» ham jiddiy kurashishga harakat qiladi. Boz ustiga, bu Ivan Boskovichning sobiq klubi hisoblanadi. Yaxshi o‘yin kutamiz. Nazarimda, durang bo‘ladi, deb o‘ylayman.

19:00. Qo‘qon-1912 — Neftchi
— Menimcha, aniq «Neftchi» yutsa kerak. Negaki, ular har tomonlama kuchli. Bu derbi. «Neftchi» ham uyida o‘ynagandek o‘ynaydi. Muxlislar stadionni to‘ldirishadi. Shu bois farg‘onaliklar g‘alaba qozonadi.

19:00. Surxon — Xorazm
— Ikkita taxminan bir xil klub. Oxirgi o‘yinda «Xorazm»ning «Neftchi» maydonida o‘tkazgan uchrashuvini ko‘rdim, juda yaxshi taassurot qoldirdi. Bu o‘yinda durang bo‘lsa kerak. Aytganimdek, deyarli ikkita bir xil jamoa.

17 oktabr
18:00. Lokomotiv — Nasaf
— «Nasaf» yaxshi o‘yin ko‘rsatadi, deb o‘ylaymiz. Biroq «Lokomotiv»ning oxirgi ko‘rsatgan o‘yinidan kelib chiqsak, bu yerda juda qiziqarli uchrashuv bo‘ladi. «Lokomotiv» minimal hisobda g‘alabaga erishsa kerak. Albatta, «Nasaf» ham oxirgi turlarda yaxshi taassurot qoldiryapti.

19:00. Dinamo — Buxoro
— Bu ham derbiga o‘xshagan, ikkita qo‘shni jamoa o‘ynaydi. Yaxshi bellashuv bo‘ladi. «Dinamo»ning qo‘li baland kelishi kerak. Samarqandliklar xavfli zonaga yaqin turibdi. Ularning oxirgi turlarda g‘alaba qozonishi qiyin bo‘lib ketmoqda. Shu sababli «Dinamo» g‘alaba uchun maksimal darajada harakat qiladi.

19:00. Navbahor — Paxtakor
— Menimcha, turning o‘yini. Oxirgi paytlarda ikkala jamoa ham chiroyli o‘yin ko‘rsatishyapti. Qaysidir jamoaga tashabbusni berish juda qiyin. Shu bois ushbu qarama-qarshilikda, nazarimda, kuchlar teng kelishi kerak. Deyarli bir xil jamoalar. «Paxtakor» nisbatan kuchliroq bo‘lishi mumkin. Lekin «Navbahor» uyida o‘ynayotgani uchun balki durang kuzatilishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar