Live
2
O'zbek

Fabregas: «Raqiblar bizdan kuchliroq edi»

Futbol
15 oktabr, 05:00
«Komo» bosh murabbiyi YCHLda «Feyenoord»ga qarshi kechgan mag‘lubiyatdan so‘ng raqibning ustunligini tan oldi.
Fabregas: «Raqiblar bizdan kuchliroq edi»
Foto: Getty Images
14.10.2026 FT Chempionlar ligasi Feyenord Feyenord 3 : 2 Komo Komo

Italiyaning «Komo» klubi bosh murabbiyi Sesk Fabregas Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turida Niderlandiyaning «Feyenoord» jamoasiga qarshi kechgan va 2:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan bahs haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti Ziggo Sport’ga tayanib keltirdi.

«Ular bizdan kuchliroq edi. Butun bahs davomida emas, ammo eng muhim daqiqalarda ustunlik qilishdi. Menimcha, biz ham raqib bilan deyarli bir xil miqdorda vaziyatlar yaratdik, biroq ular biroz yaxshiroq tashkil etilgan holda harakat qilishdi», — dedi Fábregas.

Mutaxassis Chempionlar Ligasida safarda o‘ynash har qanday raqibga qarshi murakkab vazifa ekanini ta’kidladi. Ayniqsa, o‘z mamlakati chempionatida g‘alabalarga o‘rganib qolgan va o‘yinni nazorat qilishga intiladigan jamoalarga qarshi kurashish qiyinligini qayd etdi.

«Biz oldinga harakat qilishda davom etamiz. Hali ustida ishlashimiz va o‘rganishimiz kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p», — deya qo‘shimcha qildi «Komo» ustozi.

Ma’lumot uchun, «Feyenoord» — «Komo» bahsida niderlandiyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida gollarni Zexiel, Hoj Musso va Sanches kiritdi, mehmonlar tarkibida esa Diao hamda Duvikas gol urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Feyenord Feyenord
  • Komo Komo
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar