Live
2
O'zbek

«MYU uch nafar murabbiy nomzodini ko‘rib chiqmoqda

Futbol
15 oktabr, 05:40
Mankunianliklar Maykl Kerrik o‘rniga Yulian Nagelsmann, Antonio Konte va Fabian Hyurtselerni taklif qilishi mumkin.
«MYU uch nafar murabbiy nomzodini ko‘rib chiqmoqda
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» rahbariyati bosh murabbiy Maykl Kerrikning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan mutaxassislarni o‘rganishda davom etmoqda. TalkSPORT ma’lumotiga ko‘ra, klub nomzodlar ro‘yxatiga uch nafar murabbiyni kiritgan.

Ular orasida «Bavariya» klubi va Germaniya milliy jamoasining sobiq ustozi Yulian Nagelsmann, «Napoli»ning sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte hamda ayni vaqtda «Brayton»ni boshqarayotgan Fabian Hyurtseler bor.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining ushbu mavsumini omadsiz boshladi. Jamoa dastlabki olti turda atigi olti ochko to‘plab, turnir jadvalining 13-pog‘onasida bormoqda.

Ma’lumot uchun, mankunianliklar navbatdagi bahsini safarda «Lids»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar