Live
2
O'zbek

Vinisius: «Bizga hech qachon sochdan tortish bilan bog‘liq qoida tushuntirilmagan»

Futbol
15 oktabr, 05:05
Braziliyalik vinger uzoq muddatli diskvalifikatsiyaga uchragani haqida fikr bildirdi.
Vinisius: «Bizga hech qachon sochdan tortish bilan bog‘liq qoida tushuntirilmagan»
Foto: Getty Images

«Real» futbolchisi Vinisius Junior Chempionlar Ligasida «Roma»ga qarshi o‘yindan (4:3) so‘ng La Ligadagi diskvalifikatsiyasi haqida gapirdi. Futbolchi «Valensiya»ga qarshi bahsda (1:0) raqib futbolchisi Natan Salibani sochidan tortgani uchun qizil kartochka olgan edi.

«Diskvalifikatsiya haqida e’lon qilish uchun ularda butun bir kun bor edi. Lekin chempionatning to‘rtta uchrashuvini o‘tkazib yuborishimni stadionga yetib kelganimizdagina aytishdi.

Bizga hech qachon sochdan tortish bilan bog‘liq qoida tushuntirilmagan. La Liga va hakamlar qo‘mitasi vakillari muntazam ravishda oldimizga kelib, qoidalarni tushuntirishadi, ammo aynan bu holat hech qachon muhokama qilinmagan.

Natijada men qizil kartochka oldim, tamom. Men hech qachon boshqa futbolchilarga nisbatan tajovuzkorlik qilmaganman.

Meni ham tez-tez urishadi, ammo oxir-oqibat kartochkani aynan men olaman», — deya Vinisiusning so‘zlarini keltiradi ESPN nashri.

Ma’lumot o‘rnida, braziliyalik futbolchi La Liganing navbatdagi to‘rtta uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. U «Sevilya», «Barselona», «Rasing» va «Valensiya»ga qarshi bahslarda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar