Bugun
53
O'zbek

Vinisius: «Bugun Mouriniodan jahlim chiqdi, ammo bu oddiy holat»

Futbol
15 oktabr, 00:15
Braziliyalik futbolchi «Roma»ga qarshi o‘yinda zaxiraga olingani uchun murabbiydan norozi bo‘lgandi.
Vinisius: «Bugun Mouriniodan jahlim chiqdi, ammo bu oddiy holat»
Foto: Getty Images
14.10.2026 FT Chempionlar ligasi Roma Roma 3 : 4 Real Madrid Real Madrid

«Real» futbolchisi Vinisius Junior Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-tur doirasidagi «Roma»ga qarshi o‘yinda almashtirilgani haqida fikr bildirdi.

«Bugun Mourinio meni almashtirganida, undan biroz jahlim chiqdi. Lekin bu oddiy holat. Oxir-oqibat, u haq bo‘lib chiqdi! Jamoa o‘zgardi va yaxshiroq o‘ynay boshladi. Eng muhimi ham shu», — dedi Vinisius.

Qayd etish lozim, madridliklar ushbu uchrashuvda 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Vinisius esa gol yoki assist qayd etmadi. U 59-daqiqada, hisob «Roma» foydasiga hal bo‘lib turgan paytda Endrik bilan almashtirildi. Shundan so‘ng «Real» o‘yin taqdirini o‘zgartirdi va 80-daqiqadan keyin uchta gol urib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Avvalroq zaxira hakami almashtirish haqidagi tablosini ko‘rsatganidan so‘ng, 26 yoshli vingер zaxira o‘rindig‘i tomon ketayotib, murabbiylar shtabiga bir necha bor: «Nega meni almashtirdi?!» deya baqirgani ma’lum qilingan edi.

Ma’lumot uchun, «qirollik klubi» navbatdagi uchrashuvni La Liga doirasida «Sevilya»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Real Madrid Real Madrid
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar