Bugun
53
O'zbek

«Nega meni almashtirdi?» — Vinisius zaxiraga olinganida norozilik bildirdi

Futbol
14 oktabr, 18:20
    41
«Real» vingерi «Roma» bilan o‘yinning 59-daqiqasida almashtirildi.
«Nega meni almashtirdi?» — Vinisius zaxiraga olinganida norozilik bildirdi
Foto: Getty Images
14.10.2026 FT Chempionlar ligasi Roma Roma 3 : 4 Real Madrid Real Madrid

«Real»da o‘ynayotgan braziliyalik vingер Vinisius Junior UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida Italiyaning «Roma» jamoasiga qarshi kechgan bahsda bosh murabbiy Joze Mourinyoning uni zaxiraga olish haqidagi qaroridan noroziligini bildirdi.

26 yoshli futbolchi zaxira o‘rindig‘i tomon ketayotib, qo‘llarini asabiy tarzda yozdi va murabbiylar shtabi tomon bir necha bor baland ovozda: «Nega meni almashtirdi?!» deya baqirdi.

Vinisius Rimdagi oʻyinda gol yoki assist bilan ajralib turmadi. Hisob raqib foydasiga 1:3 boʻlib turgan 59-daqiqada u Endrikka almashtirildi. Koʻp oʻtmay, “Real” vaziyatni oʻzgartirib, 80-daqiqadan keyin uchta gol urdi va 4:3 hisobidagi gʻalabaga erishdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Real Madrid Real Madrid
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

41 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar