Bugun
53
O'zbek

Gasperini: «Roma» futbolchilari go‘yo falaj bo‘lib qoldi”

Futbol
14 oktabr, 23:45
«Roma» bosh murabbiyi «Real»dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.
Gasperini: «Roma» futbolchilari go‘yo falaj bo‘lib qoldi”
Foto: Getty Images
14.10.2026 FT Chempionlar ligasi Roma Roma 3 : 4 Real Madrid Real Madrid

«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini Chempionlar Ligasi doirasida «Real»dan uchralgan (3:4) mag‘lubiyatga izoh berdi. Rimliklar 83-daqiqagacha 3:1 hisobida oldinda bordi, ammo yetti daqiqada uchta gol o‘tkazib yubordi va g‘alabadan quruq qoldi.

«O‘yinni juda yaxshi nazorat qilayotgandik, ammo yutqazdik. Oxirida burchak zarbalarida o‘ta sust himoyalandik, futbolchilarimiz go‘yo falaj bo‘lib qoldi.

Nazarimda, agar kimdir charchagan bo‘lsa, bu «Real» edi. Yana bir nechta gol urishimiz mumkin edi, raqibdan yaqqol ustun edik. Biroq ular o‘yinni o‘zgartirib, hujumlarini xavfliroq qila oldi.

Bu biz uchun saboq bo‘ladi. So‘nggi daqiqalar doim hal qiluvchi ahamiyatga ega, hatto ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotgan bo‘lsang ham», — dedi Gasperini Amazon Prime nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida, «Roma» umumiy bosqichning dastlabki ikki turida atigi bir ochko jamg‘ardi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Real Madrid Real Madrid
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar