Bugun
53
O'zbek

Mourinyo: «Aslida, «Roma» futbolchilarining o‘zi «tugagan» edi»

Futbol
14 oktabr, 23:20
«Real» bosh murabbiyi «Roma» ustidan qozonilgan irodali g‘alaba haqida fikr bildirdi.
Mourinyo: «Aslida, «Roma» futbolchilarining o‘zi «tugagan» edi»
Foto: Getty Images
14.10.2026 FT Chempionlar ligasi Roma Roma 3 : 4 Real Madrid Real Madrid

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 2-turi doirasida «Roma» ustidan qozonilgan irodali g‘alaba haqida fikr bildirdi.

Rimdagi «Olimpiko» stadionida o‘tgan uchrashuvda madridliklar 1:3 hisobida ortda borayotganiga qaramay, vaziyatni o‘zgartirdi va 4:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

«Roma» gol urib, hisobni 3:1 ga yetkazganida, ular bu o‘yin allaqachon tugagan deb o‘ylashdi…

«Lekin aslida, «Roma» futbolchilarining o‘zi «tugagan» edi», — deya Mourinyoning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrizio Romano.

Ushbu g‘alaba evaziga «Real» umumiy bosqichdagi dastlabki ikki uchrashuvda olish mumkin bo‘lgan olti ochkoning barchasini qo‘lga kiritdi. Madridliklar musobaqadagi ishtirokini ketma-ket ikki g‘alaba bilan boshladi.

Eslatib o‘tamiz, Mourinyo jamoasi birinchi turda Milanning «Inter» klubini 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Real Madrid Real Madrid
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar