Bugun
53
O'zbek

Mbappe YChL tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida 5-o‘ringa ko‘tarildi

Futbol
14 oktabr, 17:30
«Real» hujumchisi bu borada madridliklar afsonasini ortda qoldirdi.
Mbappe YChL tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida 5-o‘ringa ko‘tarildi
Foto: Getty Images
14.10.2026 FT Chempionlar ligasi Roma Roma 3 : 4 Real Madrid Real Madrid

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe UEFA Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purarlari kuchli beshligidan joy oldi. Uning hisobida endi 72 ta gol bor. U «qaymoqranglilar»ning sobiq forvardi Rauldan o‘zib ketdi. Raul hisobida 71 ta gol mavjud edi.

27 yoshli fransiyalik UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turidan o‘rin olgan «Roma» va «Real» (3:4) o‘rtasidagi bellashuvda gol urdi.

Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purarlari beshligi quyidagicha ko‘rinish olgan: 5-o‘rinda 72 ta gol bilan Mbappe joylashgan. 4-pog‘onani 90 ta gol urgan Karim Benzema egallab turibdi. Uchinchi o‘rinda «Barselona»ning sobiq hujumchisi Robert Levandovski — uning hisobida 107 ta gol mavjud. Ikkinchi o‘ringa «Inter Mayami» futbolchisi Lionel Messi joylashgan bo‘lib, u 129 ta gol urgan. Ro‘yxatda esa «An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu peshqadamlik qilmoqda. Uning hisobida 140 ta gol bor.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Real Madrid Real Madrid
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar