«Arsenal» klubi turli bo‘limlarda faoliyat yuritayotgan 60 nafar xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klubda mazkur masala yuzasidan maslahatlashuvlar davom etmoqda. Shu sababli yakuniy qaror hali o‘zgarishi mumkin.
Qayd etilishicha, qisqartirishlar murabbiylar shtablariga, erkaklar va ayollar jamoalarini tayyorlashga mas’ul xodimlarga, xavfsizlik xizmatiga, ijtimoiy loyihalar va Arsenal Foundation jamg‘armasi vakillariga, shuningdek, ayollar jamoasi bilan ishlaydigan xodimlarga ta’sir qilmaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2024/2025-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Arsenal» 691 million funt sterling daromad olgan. Biroq klubning umumiy zarari 1,4 million funt sterlingni tashkil etgan.
2025/2026-yilgi mavsumga oid moliyaviy ko‘rsatkichlar esa hozircha e’lon qilinmagan.