Live
2
O'zbek

Arteta: «Arsenal» bilan CHL finaliga chiqishni istayman»

Futbol
14 oktabr, 05:17
    2
Ispaniyalik mutaxassis «to‘pchilar» bilan shartnomasini uzaytirish sababini aytdi.
Arteta: «Arsenal» bilan CHL finaliga chiqishni istayman»
Фото: Getty Images
13.10.2026 FT Chempionlar ligasi Arsenal Arsenal 3 : 0 Lille Lille

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa bilan mehnat shartnomasini uzaytirishiga nima sabab bo‘lganini tushuntirdi.

«Asosiy motivatsiyam — ushbu klub bilan eng nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritish va eng yuqori natijalarga erishish. Boshqa gapim yo‘q. Biz Chempionlar ligasida g‘alabaga bir qadam qolganida to‘xtab qoldik, bizga bitta penalti yetishmadi. Biz yana finalga chiqishni istaymiz», — dedi Arteta jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumi hal qiluvchi uchrashuvida «Arsenal» penaltilar seriyasida «PSJ»ga mag‘lub bo‘lgan edi. Ammo Angliya Premyer-ligasida mavsumni g‘alaba bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.

Bu mavsumdagi ikki turdan so‘ng «kanonirlar» olti ochko bilan Chempionlar ligasi jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Lille Lille
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar