Live
4
O'zbek

Jerrard: «Mavsum boshlanishidan avval «Arsenal» yana chempion bo‘ladi deb o‘ylagandim»

Futbol
13 oktabr, 00:00
    11
«Liverpul» sobiq yarimhimoyachisi ushbu mavsumda APL chempionligi uchun asosiy da’vogarni aytdi.
Jerrard: «Mavsum boshlanishidan avval «Arsenal» yana chempion bo‘ladi deb o‘ylagandim»
Foto: Getty Images

«Liverpul» va Angliya milliy jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Stiven Jerrard ushbu mavsumda APL chempionligi uchun asosiy da’vogarni aytdi.

«Mavsum boshlanishidan avval «Arsenal» yana chempion bo‘ladi deb o‘ylagandim. Lekin hozir «Manchester Siti»ga pul tikkan bo‘lardim.

«Liverpul»ga qarshi o‘yinni (3:0) ko‘rishning o‘zi yetarli. Ular juda kuchli. Zaxira o‘rindig‘iga ham bir qarang», — dedi Jerrard.

Ma’lumot o‘rnida, «Manchester Siti» olti turdan keyin 18 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Arsenal» esa 15 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, londonliklar o‘tgan mavsumda 22 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Liverpul Liverpul
  • Arsenal Arsenal
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

11 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar