Live
4
O'zbek

APL. «Siti» «Enfild»da «Liverpul»ni yirik hisobda yengdi

Futbol
11 oktabr, 13:20
    71
Markaziy o'yin taqdirini qizil kartochka o'zgartirib yubordi. Mareska jamoasi yo'qotishsiz bormoqda.
APL. «Siti» «Enfild»da «Liverpul»ni yirik hisobda yengdi
Foto: Manchester City
11.10.2026 FT Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul 0 : 3 Manchester Siti Manchester Siti

Angliya chempionatining 6-turidan o'rin olgan markaziy bahsda yo'qotishsiz borayotgan «Manchester Siti» safarda «Liverpul» darvozasiga javobsiz 3 ta to'p kiritdi.

E'tiborlisi, mezbonlar 62-daqiqada kamchilikda qolgach, ketma-ket gollar o'tkazib yuborishdi.

«Shaharliklar» safida O'zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.

Mareska jamoasi ochkolarini 18 taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamladi. 9 ochkosi bor «Liverpul» 9-pog'onaga joylashgan.

APL. 6-tur
Liverpul — Manchester Siti 0:3

11 oktabr, «Enfild»
Gollar: Holand (65), Doku (68), Sherki (78).
Liverpul — Alisson, Arauxo (Frimpong, 75), Jake (Gomes, 88), van Deyk, Kerkez, Mak Allister, Gravenberh, Kumas (Ngumoa, 75), Munoz, Virts (Nioni, 66), Barkolya (Keza, 88).
Manchester Siti — Donnarumma, Nunesh, Gehi, Diash, O'Rayli (Gvardiol, 66), Anderson, Fernandes (Buaddi, 80), Ndiaye (Doku, 56), Sherki, Semenyo, Holand (Allan, 80).
Ogohlantirishlar: Arauxo (8), Gravenberh (47), O'Rayli (58), Buaddi (86), van Deyk (90+1).
Chetlatish: Gravenberh (62).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

71 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar