Fransiya poytaxtida tashkil etilayotgan taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri turnirining 10 oktabr kungi bahslari O‘zbekiston jamoasi uchun omadli yakunlandi.
Unda O‘zbekiston vakillari 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Kumush medalni -68 kg vazn toifasida jang qilgan Najmiddin Qosimhojiyev keltirdi. -67 kg toifasida yarim finalgacha yetib borgan Ozoda Sobirjonova esa shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Taekvondo. Qosimhojiyev va Sobirjonova Parij Gran-prisida sovrindor bo‘lishdi
Boshqalar
11 oktabr, 12:27
Kumush va bronza qo‘lga kiritildi.
Foto: Taekwondo WT