Live
6
O'zbek

Enrike: «Menimcha, Akliush — o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi»

Futbol
11 oktabr, 14:42
Parijliklar ustozi jamoa vingerini Liga 1 6-turi doirasida «Le Man»ga qarshi bahsning eng yaxshi o‘yinchisi deb atadi.
Enrike: «Menimcha, Akliush — o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi»
Foto: Gettyimages
10.10.2026 FT Liga 1 Fransiya Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 3 : 1 Le Mans Le Mans

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa qanot yarimhimoyachisi Magnes Akliushni Liga 1 6-turi doirasida «Le Man»ga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi, deb hisoblashini ma’lum qildi.

«Menimcha, bugun u o‘zining texnik va jismoniy ko‘rsatkichlari tufayli eng yaxshisi bo‘ldi. Men buni oldin ham bilardim, lekin u biz uchun yoqimli syurpriz bo‘ldi», - dedi Enrike o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, «PSJ» «Le Man» ustdian 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Parijliklar safida o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan Akliush 68-daqiqada jamoaning uchinchi goliga mualliflik qildi.

Ta’kidlash lozim, bu 24 yoshli hujumchining Fransiya chempionatining yangi mavsumidagi ilk goli bo‘ldi. Umuman olganda, u barcha musobaqalarda sakkizta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Le Mans Le Mans
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar