«Roma» qanot himoyachisi Uesliga transfer bozorida talabgorlar yetarlicha, deb xabar bermoqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga Londonning «Arsenal» va «Tottenhem» shuningdek, «Liverpul» klublari qiziqish bildirmoqda. Rim klubi esa futbolchini jamoada saqlab qolmoqchi.
Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma-2030-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. 23 yoshli braziliyalikning aktual transfer narxi 40 million yevroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, A Seriya yangi mavsumida o‘tkazilgan beshta o‘yindan so‘ng «Roma» 13 ochko bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.