Live
6
O'zbek

Nepomnyashiy: «Sindarov — favorit, ammo jahon tojiga yo‘l oson bo‘lmaydi»

Boshqalar
11 oktabr, 13:01
Jahon chempionligi uchun ikki marta kurashgan rossiyalik grossmeyster toj uchun bo‘ladigan match haqida gapirdi.
Nepomnyashiy: «Sindarov — favorit, ammo jahon tojiga yo‘l oson bo‘lmaydi»
Foto: UzChess

Jahon chempionligi uchun ikki marta kurashgan rossiyalik grossmeyster Yan Nepomnyashiy The Hindu nashriga bergan intervyusida Javohir Sindarov va Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi bo‘lajak match haqida fikr bildirdi.

«Jahon chempionligi uchun match oddiy turnirdan butunlay farq qiladi. Turnirda bir partiyani yomon o‘tkazsangiz, keyingi raqibni yutib, vaziyatni o‘nglashingiz mumkin. Bu yerda esa doim bitta raqibga qarshi o‘ynaysiz», — dedi Nepomnyashchiy.

«Ularning ikkalasi ham juda yosh. Bu yoshda sport formasi tez o‘zgarishi mumkin. Hozir Sindarov — katta favorit, ammo imkoniyatlarni 80 ga 20 deb baholamagan bo‘lardim. Menimcha, 65 ga 35 nisbati haqiqatga yaqinroq»,
— deydi grossmeyster.

Biroq grossmeyster dastlabki partiyaning ahamiyatini alohida ta’kidladi. Uning fikricha, Sindarov g‘alaba bilan boshlasa, ustunligini yanada oshirishi mumkin. Gukesh yaxshi boshlasa esa matchning borishi butunlay o‘zgarishi mumkin.

Bugungi yangiliklar