Live
10
O'zbek

Enrike: «Xvicha mashina emas, u ham inson»

Futbol
9 oktabr, 23:50
    4
«PSJ» bosh murabbiyi gruziyalik shogirdini qo‘llab-quvvatladi.
Enrike: «Xvicha mashina emas, u ham inson»
Foto: Getty Images

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa ving eri Xvicha Kvaratsxeliyaning sport formasi haqidagi savolga javob berar ekan, futbolchini qo‘llab-quvvatladi.

Ispaniyalik mutaxassis gruziyalik o‘yinchining saviyasiga ishonishini bildirdi.

«Kvaratsxeliya — juda yuqori saviyali futbolchi. U buni muhim pallalarda ko‘rsatgan. Uning jamoamizda ekanidan juda xursandman. Lekin u mashina emas, u ham inson.

Yaxshi va yomon davrlarni boshdan kechirish tabiiy hol. Xavotirlanishga hojat yo‘q», — dedi Enrike.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu mavsum Kvaratsxeliya «PSJ» safida barcha musobaqalar doirasida yettita uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda gruziyalik futbolchi bitta gol urdi va bitta assist amalga oshirdi.

Ayni vaqtda parijliklar Fransiya chempionatida beshta o‘yindan so‘ng sakkiz ochko jamg‘argan. «PSJ» hozirda turnir jadvalining oltinchi pog‘onasida bormoqda.

Avvalroq Dembele Xvichani dunyoning eng yaxshi qanot hujumchilaridan biri deb atagandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar