O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ushbu yilgi «Oltin to‘p» uchun kurashda kimni qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Uning fikricha, «PSJ» klubi va Gruziya milliy jamoasi vingeri Xvicha Kvaratsxeliya mazkur sovringa munosib nomzodlardan biri.
«Mening xotiram yaxshi, men faqat so‘nggi voqealarga e’tibor qaratib qolmayman. O‘tgan mavsum Chempionlar ligasida eng yorqin namoyon bo‘lgan futbolchi Kvaratsxeliya edi. Agar ovoz berishim kerak bo‘lganida, ikkilanmasdim. Albatta, jahon chempionati, Kilian Mbappe yoki Lionel Messi va uning faoliyatini ham eslash mumkin. Ammo Kvara aql bovar qilmas ishlarni amalga oshirdi», — deya Kannavaroning so‘zlarini La Gazzetta dello Sport nashri keltirmoqda.
Ma'lumot uchun, «Oltin to‘p» topshirish marosimi 26-oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaroning o‘zi ham 2006-yilda «Oltin to‘p» sohibiga aylangan. U ushbu sovrinni Germaniyada o‘tkazilgan jahon chempionatida Italiya milliy jamoasi bilan g‘alaba qozonganidan so‘ng qo‘lga kiritgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi