Live
10
O'zbek

Kalafiori penaltini hisobga olmaganda, APLdagi samarali harakatlar bo‘yicha «Arsenal» yetakchisiga aylandi

Futbol
10 oktabr, 12:59
Londonliklar qanot himoyachisi APL yangi mavsumini muvaffaqiyatli boshladi.
Kalafiori penaltini hisobga olmaganda, APLdagi samarali harakatlar bo‘yicha «Arsenal» yetakchisiga aylandi
Foto: Gettyimages

Londonning «Arsenal» klubi qanot himoyachisi Rikardo Kalafiori Angliya Premer-ligasining yangi mavsumini ancha muvaffaqiyatli boshladi. Italiyalik futbolchi chempionatning olti bellashuvida 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Opta mutaxassislarining xabar berishicha, Kalafiori Premer-liganing bu mavsumida penaltidan urilgan gollarni hisobga olmaganda, «to‘pchilar»ning samarali harakatlari bo‘yicha yetakchisiga aylandi (3).

Ma’lumot uchun, APL oltinchi turi doirasida «Lids» ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng (2:1), Mikel Arteta jamoasi 15 ochko bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi turda londonliklar «Nottinghem Forest» bilan mehmonda to‘qnash kelishadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar