Live
12
O'zbek

Andreyeva faoliyatida ilk bor dunyoning uchinchi raketkasiga aylandi

Tennis
10 oktabr, 13:30
«Rolan Garros»-2026 chempioni faoliyatida ilk bor WTA reytingida uchinchi o‘ringa ko‘tariladi.
Andreyeva faoliyatida ilk bor dunyoning uchinchi raketkasiga aylandi
Foto: Gettyimages

«Rolan Garros»-2026 chempioni, dunyoning amaldagi beshinchi raketkasi rossiyalik tennischi Mirra Andreyeva Pekindagi «minglik» musobaqasi finaliga chiqishi tufayli har hafta yangilanadigan WTA reytingida faoliyatida birinchi marta uchinchi o‘ringa ko‘tariladi. Pekindagi yarimfinalda Mirra jahon reytingida 34-o‘rinni egallab turgan chexiyalik Nikola Bartunkovani 6:2, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ma’lumot uchun, Andreyeva finalda xitoylik Chjen Sinvenga qarshi kortga tushadi.

Ushbu mavsumda Andreyeva yakkalik bahslarida uchta chempionlikni qo‘lga kiritib ulgurdi, shu jumladan «Rolan Garros»da g‘alaba qozondi. Shuningdek, u rasman WTA final turniriga yo‘llanma oldi.

Bugungi yangiliklar