Live
11
O'zbek

Kunde Yamalning uzatmasidan keyin mavsumdagi birinchi golini urdi

Futbol
10 oktabr, 14:37
Kataloniyaliklar La Liga 8-turi doirasida o‘z uyida «Xetafe»ga imkoniyat qoldirmadi.
Kunde Yamalning uzatmasidan keyin mavsumdagi birinchi golini urdi
Foto: Gettyimages

Kataloniyaning «Barselona» klubi Ispaniya chempionati 8-turi doirasida «Xetafe»ga qarshi maydonga tushdi. Hans-Diter Flik shogirdlari mehmonlar darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi. Bu gollarning uchinchisini fransiyalik himoyachi Jyul Kunde o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Mavsum startidagi muammolariga qaramay, murabbiylar shtabi Kundeni asosiy tarkibda o‘yinga tushirdi va u 74-daqiqada Lamin Yamalning uzatmasidan keyin raqib darvozasini ishg‘ol etib, mavsumdagi birinchi golini rasmiylashtirdi.

Ma’lumot uchun, aynan shu goldagi bevosita ishtiroki natijasida Yamal Ispaniya chempionatining ayni damdagi eng yaxshi assistentiga aylandi. Yosh vinger hisobida 5 ta golli uzatma mavjud.

Bugungi yangiliklar