Italiya chempionatining 6-turida «Inter» o‘z maydonida «Parma»ni qabul qildi. Unda mezbonlar 3:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
Dastlab 13-daqiqada Suchich hisobni ochdi. 18-daqiqada Chalhono‘g‘li penaltidan ikkinchi golni urdi. Oradan biroz o‘tib, Tyuram uchinchi golga mualliflik qildi.
Bu g‘alabadan so‘ng Kristian Kivu jamoasi turnir jadvalida 16 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarildi. «Parma» esa 14 ochko jamg‘arib, 14-pog‘onani egallab turibdi.
A Seriya. 6-tur
Inter — Parma 3:0
Gollar: Suchich 13, Chalhono‘g‘li 18 penalti, Tyuram 31
Inter – Martinez, Pavar, Bissek, Karlos Augusto, Diuf (Spens, 74), Suchich, Chalhono‘g‘li (Stankovich, 61), Mxitaryan, Dimarko (Luis Enrike, 73), Esposito (Bonni, 61), Tyuram (Lautaro Martinez, 61).
Parma – Korvi, del Prato, Troilo, Karlos, Valeri, Keyta, Serro, Ture (Frigan, 84), Elpege (Romero, 62), Fabbian (Lontani, 62).
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi