Bugun
36
O'zbek

Darmian — «Bolonya» futbolchisi

Futbol
9 oktabr, 04:26
Jamoasiz qolgan himoyachi faoliyatini yana A Seriyada davom ettiradi.
Darmian — «Bolonya» futbolchisi
Foto: Bologna

«Bolonya» Matteo Darmian bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Italiyalik 36 yoshli himoyachi A Seriya klubi bilan 2027-yil 30-iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

Darmian so‘nggi 6 mavsumni «Inter» safida o‘tkazgandi. U, shuningdek, Italiya milliy jamoasi, «Manchester Yunayted», «Milan», «Torino» va «Parma» klublaridagi o‘yinlari orqali ham tanilgan.

Futbolchi o‘tgan mavsumda A Seriyada atigi 6 ta o‘yinda maydonga tushgan, 2024/25-yilgi mavsumda esa 29 ta bahsda 3 ta gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bolonya Bolonya
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar