“Real” hujumchisi Kilian Mbappe “qirollik klubi”ning sust pozitsiyasi tufayli “Oltin to‘p”ni qo‘lga kirita olmaslikdan xavotirda. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Ivan Martin ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik 27 yoshli futbolchi madridliklar uning nomzodini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yetarlicha targ‘ib qilmayotganidan norozi. Uning fikricha, o‘tgan mavsumdagi yuqori natijalari va statistik ko‘rsatkichlari klub rahbariyati tomonidan ancha kuchli va faol PR qo‘llab-quvvatlashga loyiq edi.
Shuningdek, Mbappe o‘z vatandoshi, futbol afsonasi va “Real”ning sobiq ustozi Zinedin Zidanning ochiq qo‘llab-quvvatlashini kutgani, biroq murabbiy bu borada biror marta ham oshkora bayonot bermagani ta’kidlanmoqda.
2026-yilgi “Oltin to‘p”ni topshirish marosimi 26-oktabr, dushanba kuniga belgilangan. Tadbir Londonda bo‘lib o‘tadi. Bu marosim tarixda 70-marta o‘tkaziladigan yubileyga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, g‘olib FIFA reytingining kuchli 100 taligidan o‘rin olgan mamlakatlardan 100 nafar jurnalist ishtirokidagi ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi