Live
5
O'zbek

«Bunday o‘yinchilar doim ham uchrayvermaydi» — Rummenigge Keyn va Olisening «Bavariya»dagi kelajagi haqida

Futbol
9 oktabr, 06:20
Myunxen klubi vakillari jamoada «Oltin to‘p»ga da’vogar ikki futbolchi borligidan mamnun.
«Bunday o‘yinchilar doim ham uchrayvermaydi» — Rummenigge Keyn va Olisening «Bavariya»dagi kelajagi haqida
Foto: Getty Images

«Bavariya» kuzatuv kengashi a’zosi Karl-Haynts Rummenigge klubning ikki muhim futbolchisi — hujumchi Harri Keyn va vinger Maykl Olisening kelajagi borasida ishonch bilan fikr bildirdi.

«Ularning har ikkisi ham «Bavariya»da uzoq yillar davomida to‘p tepishni istaydi. Umid qilamanki, Harri tez orada shartnomasini uzaytiradi. Bunga juda ishonaman. Undan keyin esa Maykl ham bitimni uzaytiradi, degan umiddaman.

Ularning «Bavariya»da yana ko‘p yillar qolishini istardim. Biz klubda Keyn va Olise kabi «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlar qatoriga kiradigan ikki futbolchimiz borligidan o‘zimizni juda baxtli deb hisoblashimiz mumkin. Bunday jahon darajasidagi futbolchilar har kuni ham uchrayvermaydi. Ular anchadan beri jamoamiz uchun juda muhim rol o‘ynab kelishmoqda»
, — deya Rummeniggening so‘zlarini keltiradi Bayern Germany sahifasi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar