Bugun
10
O'zbek

«Liverpul» Oliseni qo‘lga kiritish uchun «Real» bilan raqobatlashadi

Futbol
8 oktabr, 03:35
«Bavariya» Maykl bilan shartnomani 2032-yilgacha uzaytirmoqchi.
«Liverpul» Oliseni qo‘lga kiritish uchun «Real» bilan raqobatlashadi
Foto: Getty Images

«Liverpul» yozda «Bavariya» vingeri Maykl Olisening Myunxen jamoasidan ketishi mumkinligi haqida xabar paydo bo‘lsa, unga faol qiziqish bildiradi. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «qizillar» va «Real» 24 yoshli fransiyalik futbolchining shartnomasi borasidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

Bungacha Olise «Bavariya» bilan yangi shartnomasiga jamoani tark etish imkonini beruvchi band kiritilishini istayotgani haqida xabar berilgandi. Gap taxminan 200 million yevro miqdoridagi tovon puli haqida bormoqda.

«Bavariya» Olise bilan shartnomani 2032-yilgacha uzaytirmoqchi. Biroq futbolchining yangi kelishuvga tovon puli bandini kiritish talabi muzokaralarni murakkablashtirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, vinger ushbu mavsumda klub safida barcha musobaqalar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Real Madrid Real Madrid
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar